Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida sentyabr oyida malaka oshirish kurslarida tahsil olgan tinglovchilar uchun yakuniy test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sinovlar davomida tinglovchilarning malaka oshirish kurslari davomida egallagan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalari baholanmoqda.
Jarayonlar belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etilib, tinglovchilarning kasbiy bilimlarini mustahkamlash hamda pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Barcha tinglovchilarga yakuniy sinovlarda muvaffaqiyat tilaymiz!
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: