MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

31 Avgust, 2026 3

Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqargan, yurtimizning o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan, milliy qadriyatlarimiz va bunyodkorlik ruhini yanada yuksaltirgan buyuk ne’matdir.
Bugun mamlakatimizda ta’lim va tarbiya sohasiga qaratilayotgan e’tibor, ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi nufuzi hamda yosh avlod uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar barchamizni yanada mas’uliyat bilan mehnat qilishga undamoqda.

🌿 Shu ulug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka, sihat-salomatlik va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz qalbi xotirjam, mustaqilligimiz boqiy bo‘lsin!

🇺🇿 35 yillik qutlug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi

Powered by GSpeech