Qayta tayyorlov kurslari tinglovchilarining bitiruv malaka ishlari himoyasi davom etmoqda

21 Iyul, 2026 32

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining yakuniy test nazorati sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangach, navbatdagi bosqich — bitiruv malaka ishlari himoyasi jarayoni tashkil etilmoqda.
📚 Himoya davomida tinglovchilar o‘zlari tayyorlagan bitiruv malaka ishlarini attestatsiya komissiyasiga taqdim etib, ilmiy-amaliy ishlari yuzasidan savollarga javob bermoqdalar.

✅ Jarayon belgilangan nizom va baholash mezonlari asosida shaffof, xolis hamda adolat tamoyillariga muvofiq olib borilmoqda.
🎯 Bitiruv malaka ishlari himoyasi tinglovchilarning kasbiy bilim va pedagogik kompetensiyalarini baholashning muhim bosqichi hisoblanadi.

Powered by GSpeech