Bugun Samarqand tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazining Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchilari Q. Sherxolov va V. Turobovlar tomonidan navbatdagi mahorat darslari o‘tkazildi.
✔️Tadbirda tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabning fan o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ustozlar mashg‘ulot davomida o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, hamda fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🔹 Dars jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ilmiy izlanish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning samarali usullari bilan tanishdilar.
🔹 Mashg‘ulotlar interfaol tarzda tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.
🔹 Tadbir yakunida o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan foydali g‘oyalar, metodik tavsiyalar va yangi o‘quv materiallari bilan boyishdi.
✅ Mazkur mahorat darslari pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
📍Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan bu kabi amaliy seminarlar muntazam o‘tkazilib, o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi va kasbiy o‘sishiga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
🎤Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati
👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: