Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida kitob yarmarkasi tashkil etildi

17 Iyun, 2026 10

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida ARM tomonidan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa an’analarini keng targ‘ib etish maqsadida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarkada badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy hamda zamonaviy adabiyotlarning keng assortimenti namoyish etildi. Professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va markaz xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, ularni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur tadbir kitobga mehr va mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash hamda pedagoglar o‘rtasida kitobxonlikni keng ommalashtirishga xizmat qildi.

📖 Kitob – tafakkur qanoti, mutolaa esa ma’naviy yuksalish sari eng ishonchli yo‘ldir.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech