Samarqandda “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida challenge o‘tkazildi

24 Noyabr, 2025 28

Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida joriy yilning 24-noyabr kuni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida xodimlar va o‘qituvchilar o‘rtasida keng qamrovli challenge tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — ta’lim sohasida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xodimlar va fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.

Challenge davomida ishtirokchilar korrupsiyaning zararli oqibatlari, uni oldini olishning muhim jihatlari, shuningdek halollikni targ‘ib qiluvchi shiorlar orqali o‘z pozitsiyalarini ifoda etdilar. Tadbir ta’lim tizimida adolat, mas’uliyat va halollik muhitini yaratishga ko‘maklashuvchi samarali tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech