27-apreldan 1-mayga qadar Samarqand shahrida media haftalik o‘tkazilmoqda.
👤 Ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari ishtirok etib, bugungi kunda axborot makonida sifatli kontent yaratish, yoshlarning media savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
🎯 Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlarda tadbirlar o‘tkazilmoqda:
• Zamonaviy jurnalistika va kontent yaratish bo‘yicha mahorat darslari
• Media sohasidagi dolzarb mavzularda seminar-treninglar
• Taniqli jurnalistlar va blogerlar bilan ijodiy uchrashuvlar
• Yosh ijodkorlar uchun amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashish sessiyalari
🔹 Haftalik davomida ishtirokchilar media savodxonlik, axborotni tahlil qilish, feyk xabarlarni aniqlash hamda auditoriyaga mos va sifatli kontent yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladilar.
🔹 Mazkur tadbir hududlarda media madaniyatni rivojlantirish, ochiq va shaffof axborot muhitini shakllantirish hamda yoshlarni media sohasiga keng jalb etishga xizmat qiladi.
Mazkur tadbirda Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Axborot xizmati ham faol ishtirok etmoqda.
✨ Media haftalik yangiliklarini kuzatib boring!
🔵Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: