Samarqandning eng faol jurnalistlari taqdirlandi

27 Iyun, 2026 9

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida tashkil etilgan tantanali tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, matbuot kotiblari hamda soha faxriylari taqdirlandi.
Quvonarlisi, Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kotibi Shahlo Qoʻziyeva "Samarqandning eng faol jurnalisti" tanlovi gʻolibi deb topildi va Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak eʼtirof Shahlo Qoʻziyevaning taʼlim tizimidagi islohotlarni keng jamoatchilikka tezkor, xolis va sifatli yoritish, markaz faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda samarali targʻib etish borasidagi fidokorona mehnatining munosib eʼtirofidir.

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi Shahlo Qoʻziyevani ushbu yuksak eʼtirof bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, ijodiy parvoz va yangi muvaffaqiyatlar tilaydi! 🌹

Powered by GSpeech