SENTABR OYI MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

28 Sentyabr, 2026 3

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida sentabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda markaz direktori Anvar Sobirov kurs davomida zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlagan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlarni topshirdi.

 Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulotlari davomida yaratilgan loyiha ishlari orasida “ENG YAXSHI LOYIHA ISHI TAQDIMOTI” nominatsiyasi g‘oliblari hamda “KELAJAK O‘QITUVCHISI” tanlovida yuqori natijalarni qayd etgan faol o‘qituvchilar ham munosib taqdirlandilar.

 Ayniqsa, tadbirda musiqa guruhi tinglovchilarining sarhisob konsert dasturi barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech