Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida sentyabr oyidagi malaka oshirish kurslari boshlandi.
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga keng tatbiq etish maqsadida sentyabr oyidagi malaka oshirish kurslariga start berildi.
Kurslar davomida tinglovchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg‘or metodikalar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan samarali yondashuvlar hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali zarur bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
Malaka oshirish jarayonlarida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, tajriba almashish va ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✨Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi bilimlar va yuksak pedagogik mahorat sari yangi qadam!
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: