SOHIBQIRON XOTIRASI – E’ZOZDA

9 Aprel, 2026 10

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kuni munosabati bilan tonggi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Amir Temurning boy merosi, uning davlat boshqaruvidagi donoligi, jasorati hamda bugungi avlod uchun ibrat bo‘luvchi fazilatlari haqida so‘z yuritildi.

 Ishtirokchilar tomonidan Sohibqiron siymosiga hurmat bajo keltirilib, uning hayoti va faoliyatidan ilhom olish, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Bunday tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech