Samarqand shahridagi 14-maktabning 3-sinf o‘quvchilari uchun “Ustozga ehtirom — millatga ehtirom” mavzusida “Kelajak soati” darsi tashkil etildi.
Mashg‘ulotni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi dotsenti Mahbuba Raximqulova va markaz boshlang'ich ta'lim metodisti Shirin Kobilova olib bordi.
Dars davomida o‘quvchilarga ustozning bola hayotidagi o‘rni, uning ta’lim-tarbiya berishdagi mehnati, shuningdek, ustozga hurmat va minnatdorlik bildirishning ahamiyati tushuntirildi.
O‘quvchilar videokontentlar, ijodiy topshiriqlar va suhbatlar orqali ustozdan nafaqat bilim, balki odob, halollik, mehnatsevarlik, mehribonlik va mas’uliyat kabi fazilatlarni o‘rganish zarurligi haqida fikr almashdilar.
Mashg‘ulot o‘quvchilarda ustoz mehnatini qadrlash, hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: