Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga da’vogar pedagoglar uchun saralashning ikkinchi bosqichi — kasbiy mahoratni baholash bo‘yicha suhbatlarning uchinchi kuni davom etmoqda.
Suhbatlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizom talablari asosida, oshkoralik, xolislik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillariga muvofiq tashkil etilgan.
Mazkur jarayonlarda saralashning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 522 nafar pedagog belgilangan jadval asosida ishtirok etmoqda. Nomzodlarning kasbiy mahorati tasdiqlangan baholash mezonlari asosida komissiyalar tomonidan baholanmoqda.
Jarayonlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha suhbatlar videoyozuvga olinmoqda, baholash natijalari esa maxsus elektron platforma orqali qayd etib borilmoqda.
Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov suhbat jarayonlarini kuzatib, ularning belgilangan tartib va talablar asosida tashkil etilayotganini nazorat qildi.
Suhbatlar yakuniga ko‘ra nomzodlarning reyting natijalari shakllantiriladi hamda belgilangan kvotalar doirasida eng yuqori natijalarni qayd etgan pedagoglar Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olish uchun tavsiya etiladi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: