XORIJIY MASLAHATCHI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

21 Fevral, 2026 43

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov markazning xorijiy maslahatchisi, xalqaro darajadagi trener Sonke Dilamine bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, seminar-treninglar samaradorligini kuchaytirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni hududiy ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida samarali hamkorlikni davom ettirish va yangi tashabbuslarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga kelishib olindi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech