ZAMONAVIY TA’LIM: PIRLS VA TIMSS YO‘NALISHIDAGI O‘QUV KURSLARI YAKUNLANDI

30 Mart, 2026 13

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan “Zamonaviy ta’lim: PIRLS va TIMSS” mavzusidagi qisqa muddatli o‘quv kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

Kurs davomida tinglovchilar xalqaro baholash dasturlari — PIRLS va TIMSS mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur kurslar Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchilari D. Rabbonayeva hamda D. Nurmanovalar tomonidan olib borildi.
Kurs yakunida barcha tinglovchilarga maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Zamonaviy yondashuv
 Amaliy mashg‘ulotlar
 Xalqaro tajriba asosida ta’lim
 Ushbu kurslar pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech