2026-yil II yarim yilligi ustuvor vazifalari muhokama qilindi

7 Avgust, 2026 6

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov markaz metodistlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

📍 Uchrashuv davomida 2026-yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, ta'lim sifatini yanada oshirish, metodik xizmat samaradorligini kuchaytirish hamda pedagoglarni kasbiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

✅ Shuningdek, metodistlar oldida turgan dolzarb vazifalar, hududlarda metodik xizmatni yanada takomillashtirish, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini keng joriy etish hamda belgilangan topshiriqlarni o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

🤝 Yakunda direktor tomonidan mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, kelgusidagi faoliyatni tizimli va samarali tashkil etish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

✍️Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech