Hurmatli jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va ommaviy axborot vositalari fidoyilari!
Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Jamiyat taraqqiyoti, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, xalq bilan davlat o'rtasida ishonchli muloqotni yo'lga qo'yishda sizlarning fidokorona mehnatingiz beqiyosdir.
Sizlar haqqoniy so'z, xolis axborot va ezgu g'oyalar orqali yurtimiz ravnaqi hamda ma'naviy yuksalishiga munosib hissa qo'shib kelmoqdasiz.
Kasb bayramingiz munosabati bilan barchangizga mustahkam sog'lik, oilaviy baxt-saodat, cheksiz ijodiy ilhom, mas'uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Qalamingiz o'tkir, nigohingiz teran, ijodingiz esa doimo sermahsul bo'lsin!
Hurmat bilan,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi.