30-iyun – Yoshlar kuni muborak!

30 Iyun, 2026 6

Aziz va shijoatli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimiz taraqqiyoti, ta'lim ravnaqi va jamiyatimizning ertangi kuni sizlarning bilim, iste'dod, tashabbus va fidoyiligingiz bilan chambarchas bog'liq. Sizlarning yuksak marralarni zabt etish yo'lidagi intilishlaringiz, Vatanga sadoqatingiz va ezgu maqsadlaringiz har birimiz uchun faxr va iftixor manbaidir.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, ilm-fan, ta'lim, sport va boshqa sohalarda ulkan yutuqlarga erishayotganingiz barchamizni quvontiradi.

Sizlarga mustahkam sog'liq, cheksiz g'ayrat-shijoat, ulkan zafarlar, baxt-saodat va barcha ezgu orzu-maqsadlaringiz ro'yobini tilaymiz. Doimo Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo'lida fidoyilik bilan xizmat qiladigan, bilimli va vatanparvar yoshlar safida bo'lishingizni tilab qolamiz.

Hurmat bilan,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi.


Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech