5E modeli asosida mahorat darslari o‘tkazildi

3 Noyabr, 2025 20

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazining Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Pastdarg‘om tumanidagi 84-maktabda metodik yordam ko‘rsatish maqsadida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Tadbirda N. Yunusova — “Prokariot hujayralar”, R. Sanayeva — “Uglerodning tabiatda tarqalishi”, D. Ibodullayeva — “Qon aylanish tizimi” hamda V. Turapov — “Magicschool.ai” mavzularida ochiq darslar o‘tkazdilar.

Mahorat darslarida pedagoglar davr talabiga mos zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalandilar. Xususan, o‘quv jarayoni “4K” (kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya, kollaboratsiya) va “5E” (jalb etish, tadqiq etish, tushuntirish, chuqurlashtirish, baholash) ta’lim modellari asosida tashkil etildi.

Mazkur yondashuv o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni hal etish, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech