Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida aniq va tabiiy fanlar o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Quchqor Sherxolovning 60 yillik yubileyi munosabati bilan samimiy tabrik tadbiri tashkil etildi.
Markaz direktori Anvar Sobirov ustozni muborakbod etib, ularning ta’lim tizimidagi fidokorona mehnati va yoshlar tarbiyasidagi beqiyos hissasini alohida ta’kidladi. Tadbir yakunida esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ustozga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va yangi yutuqlar tilaymiz!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: