Hurmatli va aziz opa-singillar!
Sizlarni kirib kelayotgan 8-Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Jamiyatimizda ayollarning o‘rni beqiyos. Sizlar oilaning mehr-muhabbati, jamiyatning tayanchi va kelajak avlodni tarbiyalaydigan muqaddas zotlarsiz.
Bugun yurtimiz taraqqiyoti, ta’lim tizimi rivoji hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlarga alohida minnatdorlik bildiraman. Sizlarning fidoyiligingiz, sabr-toqatingiz va mehringiz har birimiz uchun ibratdir.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz quvonch va ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Hayotingiz doimo bahordek go‘zal, qalbingiz quvonchlarga to‘la bo‘lsin!
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Anvar Sobirov
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori