8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

6 Mart, 2026 17

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berib, jamoamizning barcha xotin-qizlarini samimiy qutladi.

Direktor o‘z nutqida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ta’lim tizimidagi fidokorona mehnati va markaz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng markaz yigitlari tomonidan jamoamizning mo‘tabar ayollariga bayram tabriklari va ezgu tilaklar bildirildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarga hurmat va e’tibor ko‘rsatilib, ularga bayramona kayfiyat ulashildi.
Aziz va qadrli ayollar! Barchangizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan yana bir bor muborakbod etamiz! Sizlarga sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt va ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech