ADABIYOT O‘QITISH METODIKASINING KECHASI, BUGUNI VA ERTASI

13 Oktyabr, 2026 3

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 “Adabiyot o‘qitish metodikasining kechasi, buguni va ertasi” mavzusida tashkil etilgan uchrashuvni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

O‘z so‘zida markaz direktori ona tili va adabiyot ta’limini rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, yosh avlodda kitobxonlik madaniyati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda bunday ijodiy muloqotlarning ahamiyatini ta’kidladi.


 Uchrashuvda professor Qozoqboy Yo‘ldoshevning ilmiy qarashlari, hayotiy kuzatishlari va adabiyot ta’limiga doir mulohazalari ishtirokchilar uchun mazmunli muloqot maydonini yaratdi.

Powered by GSpeech