Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi faollar zalida malaka oshirish kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Kurs davomida tinglovchilar zamonaviy ta’lim usullari va innovatsion pedagogik yondashuvlar bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni egallab, amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z professional salohiyatini oshirdilar.
Aprel oyida tashkil etilgan kurs doirasida tayyorlangan loyiha ishlari orasidan “ENG YAXSHI LOYIHA ISHI TAQDIMOTI” nominatsiyasi g‘oliblari sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “KELAJAK O‘QITUVCHISI” tanlovi g‘oliblari ham sertifikatlar bilan mukofotlandi.
Tadbir davomida barcha ishtirokchilarning kurs davomida erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularning professional rivojlanishi qo‘llab-quvvatlandi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: