Ayni vaqtda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida aprel oyida 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi.
Bugun Hududiy markazda yangi tizim asosida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslarining ochilish tadbiri ko'tarinki ruhda o'tkazilmoqda.
Hududiy markaz direktori o'rinbosari Jasur Abdurahmonovning aprel oyi tinglovchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.
🇺🇿Unda Hududiy markaz direktori o'rinbosari Jasur Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-sonli Qarori haqida gapirdi hamda zamonaviy ta'limdagi islohotlar haqida ham batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Ayniqsa, tadbirda musiqiy kuy va qo'shiqlar ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: