ARM tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi

20 Yanvar, 2026 32

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida Axborot-resurs markazi (ARM) tomonidan kitob sotib olish imkoniyatini taqdim etuvchi kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Yarmarka davomida ishtirokchilarga turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlarini qulay narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi. Tadbir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, pedagog va tinglovchilarni mutolaaga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.

Ishtirokchilar yarmarkadan mamnun bo‘lib, ARM tomonidan o‘tkazilayotgan bunday tashabbuslar ta’lim muassasasida ma’naviy muhitni yanada boyitishini ta’kidladilar.

Powered by GSpeech