Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha o‘quv-seminar

16 Dekabr, 2025 18

O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvaridan 31-yanvarigacha aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur tadbir munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari va xo‘jaliklarida istiqomat qilayotgan aholini Milliy statistika qo‘mitasining
🌐 https://census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

📚 Shu munosabat bilan Milliy statistika qo‘mitasining mas’ul vakillari tomonidan ZOOM platformasi orqali o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini tashkil etish va muvofiqlashtirish Shtabi vakillari ishtirokini ta’minlash, shuningdek, shtab vakillari tomonidan reja-grafik asosida tasarruf tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari xodimlari bilan o‘quv-seminarlar o‘tkazish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

✅ Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi ham mazkur o‘quv-seminarda faol ishtirok etdi.

Powered by GSpeech