Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

9 Fevral, 2026 13

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘zbek mumtoz adabiyotining ulug‘ namoyandasi, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u Alisher Navoiy ijodining milliy maʼnaviyatimiz va maʼrifatimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, uning asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, ezgulik va komil inson g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganini taʼkidladi.
Tadbir davomida Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi professor-o'qituvchilari va ona tili va adabiyoti guruhi tinglovchilari, musiqa fani metodisti Valijon Niyozov hamda musiqa guruhi tinglovchilari ishtirokida badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Mumtoz kuy-qo‘shiqlar va sahnaviy chiqishlar yig‘ilganlarga yuqori badiiy zavq bag‘ishlab, tadbirga bayramona ruh olib kirdi.

Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ishtirokchilarda buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmat va eʼtiborini yanada oshirib, yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech