“Assalom, Navroʻz!” – Samarqandda bayramona tong

19 Mart, 2026 10

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Assalom, Navroʻz!” nomli tonggi tadbir koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Tadbirni markaz direktori Anvar Sobirov kirish soʻzi bilan ochib, barcha ishtirokchilarni bahor ayyomi bilan muborakbod etdi.

Mazkur bayram dasturi maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida milliy kuy-qoʻshiqlar yangradi, lapar, yalla va dilbar ashulalar ijro etildi.
Bayram tadbirlari kun davomida davom etadi.

 Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik bayrami! 

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech