Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Assalom, Navroʻz!” nomli tonggi tadbir koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur tonggi bayram dasturi Tillarni o'qitish metodikasi va Ijtimoiy va amaliy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etildi.
Tadbir davomida milliy kuy-qoʻshiqlar yangradi, lapar, yalla va dilbar ashulalar ijro etildi.
Bayram tadbirlari kun davomida davom etadi.
Navroʻz – yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik bayrami! 🌿
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: