Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar va qadrli yurtdoshlar!

19 Fevral, 2026 12

Sizlarni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu muqaddas oy barchamizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, xonadonlarimizga baraka va fayz olib kelsin.
Ramazon — mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik oyidir. Bu oyda qalblar poklanib, ezgu amallar yanada ko‘payadi, insoniylik fazilatlari yuksaladi.

Yaratganning marhamati va rahmati yog‘iladigan ushbu muborak kunlarda qilgan ibodat va ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy totuvlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Ramazon oyining fayzi va barakasi har bir xonadonga kirib borsin!

Hurmat bilan,

Anvar Sobirov
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori

Powered by GSpeech