Bugun mardlikning nomi sharaf, jasoratning nomi sadoqat bo‘lgan ulug‘ sana — Vatan himoyachilari kuni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligini yuksak ehtirom bilan qarshi olmoqdamiz.
Sizlar — tinch osmonimizning bedor nigohi, xalqimizning ishonchi va suyanchi, Ona Vatan sha’nini fidoyilik bilan himoya qilayotgan jasur qalblarsiz. Har bir qadamlaringizda Vatanga muhabbat, har bir nafaslaringizda sadoqat mujassam.
Sizlarning matonatingiz va qat’iyatingiz tufayli yurtimizda tinchlik barqaror, kelajagimiz porloqdir. Sizlar nafaqat bugunning, balki ertangi kunimizning ham ishonchli kafolatisiz. Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otayotgan ham aynan sizlarning sharafli xizmatlaringizdir.
Shu muborak kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayz va baraka, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli xizmat yo‘lingizda ulkan zafarlar tilayman. Yurtimiz tinchligi va osmonimiz musaffoligi doimo sizlar bilan bardavom bo‘lsin.
✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin, mard va jasur Vatan himoyachilari!
Hurmat bilan,
Anvar Sobirov
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori