Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, aziz hamkasblar va muhtaram yurtdoshlar!

26 May, 2026 17

Sizlarni kirib kelayotgan muborak Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Bu muqaddas ayyom inson qalbiga mehr-shafqat, saxovat va ezgulik tuyg‘ularini olib kiradi. Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning birdamligi hamda hamjihatligi yanada mustahkam bo‘lishini tilayman.

Ta’lim tizimida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barcha pedagoglarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatlarida yuksak zafarlar tilayman. Har bir xonadonga fayzu baraka, qut va shodlik kirib kelsin.

Muborak Qurbon hayiti ayyomi barchamizga ezgu niyatlar, qalb xotirjamligi va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin!

Hurmat bilan,

Anvar Sobirov,
Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori

Powered by GSpeech