BEHBUDIY O‘QISHLARI: JADIDLARNING ILMIY-PEDAGOGIK MEROSI

17 Oktyabr, 2025 33

Samarqandda Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi doirasida bir qator maʼruzalar tinglandi!

“BEHBUDIY O‘QISHLARI: JADIDLARNING ILMIY-PEDAGOGIK MEROSI” mavzusidagi anjumanda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan olimlar va pedagoglar o‘z tadqiqotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Maʼruzalar davomida jadidchilik harakatining tarixiy ildizlari, uning taʼlim va tarbiya sohasidagi ahamiyati, shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan qiziqarli fikrlar bildirildi.

 Ishtirokchilar maʼruzalarni diqqat bilan tinglab, faol munozaralarda qatnashdilar, o‘z savollari va mulohazalari bilan bo‘lishdilar.

Konferentsiya yangiliklari va muhim voqealar haqida xabardor bo‘lish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech