Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi hamda psixologiya guruhi tinglovchilari ishtirokida “Baxt bekati”, “Eng baxtli damlarim”, “Samimiy tilaklar” nomli sahifalar asosida tonggi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tinglovchilarga rang-barang qog‘ozlarga turli shakllarda yozilgan mehr va samimiy tilaklar ulashildi. Shuningdek, qiziqarli sport musobaqalari tashkil etilib, ishtirokchilarning kayfiyati yanada ko‘tarildi.
Tonggi tadbir barcha qatnashchilarga ko‘tarinki ruh, iliq taassurot va unutilmas lahzalarni ulashdi. Tadbir yuqori saviyada va qiziqarli tarzda tashkil etildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: