Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Boshlang‘ich ta’limda informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi” mavzusida qisqa muddatli kursga start berildi.
Kurs mashg‘ulotlarini Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi o‘qituvchilari H. Qoraboyev, S. Yuldasheva va M. Ravshanova olib bormoqda.
Mazkur kurs umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha pedagogik mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlari va samarali metodlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Kurs davomida tinglovchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.