Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazining Xotin-qizlar kengashi hamda Ijtimoiy va amaliy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida markaz yotoqxonasida 2026-yil 4-mart kuni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Ko‘rik-tanlov yuqori kayfiyatda va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda markaz yotoqxonasida istiqomat qilayotgan tinglovchilar faol ishtirok etib, turli shartlar asosida o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar o‘zlarining mahorati, tashabbuskorligi hamda kasbiy salohiyatini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar aniqlanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir ustozlar va tinglovchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, hamjihatlik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: