Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining ekologik kompetentligini rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqot doirasida tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi

15 Yanvar, 2026 45

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi Mustarova Dildora Eshmamatovna tomonidan 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining ekologik kompetentligini STEAM ta’limi asosida takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi yuzasidan tajriba-sinov ishlari olib borildi.

Mazkur tajriba-sinov ishlari Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikalari kafedrasi bazasida tashkil etilib, unda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan pedagoglar, metodistlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.

Tajriba-sinov jarayonida STEAM ta’lim yondashuvi asosida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarida ekologik kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar, dars ishlanmalari hamda amaliy mashg‘ulotlar sinovdan o‘tkazildi. Olingan natijalar dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va amaliy ahamiyatini tasdiqladi.

Tadqiqot natijalari pedagoglarning kasbiy kompetentligini oshirish, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy STEAM texnologiyalarini samarali joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech