Bulungʻur tumani 36-maktab va Samarqand shahridagi 81-maktabda “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlari boshlandi

10 Fevral, 2026 11

Bugun Samarqand viloyati Bulungʻur tumani 36-maktabda hamda Samarqand shahridagi 81-maktabda “Yil oʻqituvchisi” tanlovining ikkinchi bosqich sinovlariga start berildi.

Mazkur bosqichda dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagoglar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etmoqda. Respublika bo‘yicha ushbu bosqichda jami 624 nafar pedagog ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, tanlov sinovlari 208 ta tuman (shahar) miqyosida tashkil etilmoqda.

Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga muvofiq, har bir tuman (shahar) bosqichida birinchi o‘rinni egallagan g‘olib pedagog bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari — hozirgi vaqtda 576 million 800 ming so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 Fotolavhalarda Bulungʻur tumani 36-maktab va Samarqand shahridagi 81-maktabda bo‘lib o‘tayotgan tanlov jarayonlaridan lavhalar aks etgan.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech