Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov Bulung‘ur tumanidagi 36-maktab pedagogik jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur davra suhbatida Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Ozod Jangirov ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish hamda KRK va KRS tadbirlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirlarning mazmuni, ularni o‘tkazish tartibi, amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan KRK va KRS doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Mutasaddilar pedagoglarning savollariga batafsil javob berib, tadbirlarni tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berdilar.
Davra suhbati ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilar uchun foydali boʻldi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: