Bulung‘ur tumanida o‘qituvchilar bilan KRK va KRS tadbirlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

10 Fevral, 2026 8

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov Bulung‘ur tumanidagi 36-maktab o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda KRK va KRS tadbirlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida ushbu tadbirlarning mazmuni, o‘tkazish tartibi, amaliy ahamiyati va kutilayotgan natijalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan KRK va KRS doirasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Anvar Sobirov pedagoglarning savollariga atroflicha javob berib, tadbirlarni sifatli va tizimli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Uchrashuv ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tdi hamda o‘qituvchilar uchun foydali metodik tavsiyalar bilan yakunlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech