Bulung‘ur tumanida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

11 Fevral, 2026 9

Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov Bulung‘ur tumanidagi 36-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, kelajak kasb tanlovi hamda shaxsiy rivojlanishiga oid masalalar yuzasidan fikr almashishdan iborat bo‘ldi.
 Suhbat davomida o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, bilim olishda mustaqil izlanishning ahamiyati, kitobxonlik madaniyati, tanlov va olimpiadalarda faol ishtirok etishning foydasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
 Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorini namoyon etish, maqsad qo‘yish va unga erishish yo‘llari xususida tavsiyalar bildirildi.
 O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim sifati, qo‘shimcha to‘garaklar, fanlarni chuqurlashtirib o‘rganish hamda kelajak rejalari yuzasidan fikrlarini bildirdilar. Anvar Sobirov har bir savolga atroflicha javob berib, yoshlarni doimiy izlanish va intilish ruhida bo‘lishga chaqirdi.
Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tib, o‘quvchilar uchun motivatsion ruhda yakunlandi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech