Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov boshchiligida markaz jamoasi shanba kungi dam olish kunini Urgut tumanining so‘lim maskanlaridan birida mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi.
Samimiy muloqot, musaffo tabiat qo‘ynidagi sayr va birgalikdagi maroqli lahzalar jamoa a’zolarining kayfiyatini yanada ko‘tardi, hamjihatlik va o‘zaro birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Bunday ezgu tashabbuslar xodimlarning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy hordiq chiqarishiga, yangi haftani ko‘tarinki ruh va yangicha g‘oyalar bilan boshlashiga zamin yaratadi.
✨ Musaffo tabiat bag‘ridagi unutilmas damlar barchaga yorqin taassurotlar va iliq xotiralar ulashdi.