Dars jarayonlarida ilg‘or yondashuvlar va tajriba almashish

22 Yanvar, 2026 28

Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Ahmedov Ijod Narziqul o‘g‘li Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov hamrohligida o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita kuzatdi.

Darslar davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlar va tinglovchilarning faolligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shu bilan birga, pedagoglar bilan tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish va ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tashrif hududiy pedagogik markazlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va pedagogik mahoratni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Powered by GSpeech