Joriy yilda 6–17 oktabr kunlari O‘zbekistonda UNICEF, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Learning Innovation Hub hamkorligida amalga oshirilayotgan “Ishonch 2030” loyihasi doirasida Eduten sun’iy intellekt asosidagi matematika platformasini keng joriy etishga qaratilgan treninglar davom etmoqda.
Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan o‘qituvchilar va maktab rahbarlari raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Amaliy mashg‘ulotlarda dars rejasini tuzish, interfeys bilan ishlash va o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilish yo‘llari ko‘rsatildi.
Seminar mashg‘ulotlari yakunlandi, endi ta’lim jarayoni onlayn davom etadi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: