Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston – Portugaliya” uchrashuvini tomosha qilish jarayonidan olingan eng chiroyli fotosuratlar tanlovi yakunlandi.
🇺🇿 Tanlovga yuborilgan suratlar orasidan milliy terma jamoamizga bo‘lgan yuksak ishonch, vatanparvarlik tuyg‘usi va futbolga mehrni aks ettirgan eng sara fotosuratlar saralab olindi.
🏆 G‘olib va faol ishtirokchilarning ijodiy ishlari markazning rasmiy sahifalarida e’lon qilinmoqda.
👏 Tanlovda faol qatnashgan barcha ustozlar va yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz. Yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatlarini birgalikda qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!
📸 Quyida tanlovning eng yaxshi fotosuratlari bilan tanishing. 🇺🇿⚽️✨
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: