Bugun Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov rahbarligida maktabgacha ta’lim tizimiga mas’ul bo‘lgan bo‘lim va kafedra o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda erta yoshdagi ta’lim-tarbiya tizimining hozirgi holati o‘rganilib, UNESCO tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tashabbuslar, sohaga oid islohotlar va yangilanishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Hududiy markaz direktori Anvar Sobirov tomonidan quyidagi topshiriqlar berildi:
Erta yoshdagi ta’limda innovatsion metodlarni joriy etish;
Davlat va xususiy MTT tarbiyachilari hamkorligini mustahkamlash;
“Aqlvoy” avtobusidan maqsadli foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
Bundan tashqari, uzoq va chekka hududlardagi pedagog kadrlar uchun mobil malaka oshirish jarayonini sifatli tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: