Bugun Falastinning YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi prezidenti Ali Abu Zuxri 43-YUNESKO sessiyasida ishtirok etish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Mehmonni Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov samimiy kutib oldi. Uchrashuv davomida ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida Falastin va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim, fan va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi tashabbus va istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv ikki xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash sari muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: