Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo'limi boshlig'i Fayziyeva Mo'tabar Mardonovna Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi samarali mehnati va yuksak natijalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bugun Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi direktori A.Sobirov, Mo'tabar Fayziyevaga ushbu mukofotni tantanali topshirdi va ta’lim sifatini oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasini yuksak e’tirof etdi.
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi Fayziyeva Mo'tabar Mardonovnani ushbu e’tirof bilan chin qalbdan tabriklaydi hamda kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: