Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi tashabbusi bilan viloyat “Zarafshon” gazetasi hamda Zarnews.uz veb-sayti xodimlari ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Anvar Sobirov kirish so‘zi bilan ochib, an’anaviy matbuot va raqamli media hamkorligining ahamiyatiga to‘xtaldi.
📚Viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev “Zarafshon” gazetasi tajribasi, gazetani kimlar o‘qiyotgani hamda bugungi axborot makonida bosma nashrning o‘rni haqida atroflicha fikr bildirdi.
☀️O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi raisi Akram Haydarov viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar, shuningdek, Zarnews.uz veb-saytining 2026 yilga mo‘ljallangan rejalari haqida ma’ruza qildi.
✅Uchrashuv davomida “Zarafshon” gazetasi xodimlari muallifligida chop etilgan kitoblar ham taqdim etildi. Jumladan:
— Akram Haydarov — “Tarbiya taqani to‘g‘rilaydi”;
— Gulruh Mo‘minova — “Nafosatning qudrati”, “Minbardan tushgan istilohlar”;
— G‘olib Hasanov — “Yangicha yashash nima?”, “Onamga qasida”;
— Farmon Toshev — “Savr bayozı”, “Saraton bayozı”.
✔️Mualliflar o‘z asarlarining yaratilish jarayoni, asosiy g‘oyalari va o‘quvchilarga yetkazmoqchi bo‘lgan ma’naviy xulosalari haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
⚡️Ijodiy uchrashuv jurnalistikada tajriba almashish, matbuot va onlayn OAV o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
👀Samarqand viloyati PMM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: